Bobirbek Yuldashev Baxodirovich Andijon tumani hokimi lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

U 1986-yili Andijon shahrida tug‘ilgan. 2008-yili Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida statistika, iqtisodiyot, axborot-tahlil va bir qancha sohalarda mutaxassis, boshliq o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i hamda Prezident administratsiyasi Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash shu’basi bosh inspektori lavozimlarida ishlagan.

Bobirbek Yuldashev tayinlovga qadar Marhamat tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Uning o‘rnini bungacha Buloqboshi tumani hokimi bo‘lgan O‘tkirbek Ma’murov egalladi. Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga esa O‘tkirbek Ma’murovning birinchi o‘rinbosari bo‘lib kelgan Furqatbek Bo‘taxonov tayinlandi.